"Istiqlol" - Tojikistonning 10 karra chempioni!

Mirjalol Normatov
21 noya 2021, 16:17
Bugun Dushanbening "Istiqlol" jamoasi milliy chempionatning 25-turida "Dushanbe"ni 8:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali jamoa mavsum tugashiga 3 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi.

Yodingizda bo'lsa, "Istiqlol" OCHLda A guruhida ishtirok etib, peshqadam sifatida navbatdagi bosqichga yo'l olgandi.

Bunga qadar dushanbeliklar 2010, 2011, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 va 2020 yillarda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia