Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi, Shomurodovdan gol!

Alisher Ostonov
17 yanv 2026
Birozdan so'ng Turkiya Superligasi 18-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Fatih Karagyumryuk" o'yini boshlanadi.

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbos Fayzullaev o'yinni asosiy tarkibda boshladi. O'yinda to'p kiritgan Shomurodov 89-daqiqada, Fayzullaev esa 57-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi 45-daqiqada sariq kartochka oldi.

O'yinning 15-daqiqasida mezbonlar yetakchisi Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Mehmonlardan David Datro Fofana 75-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ammo, o'yin tugashiga oz qolganda, aniqrog'i 87-daqiqada Umar Ali Shaxiner ajoyib harakatlar bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi.

“Istanbul Bashakshexir” 18 o'yindan so'ng 26 ochko jamg'argan holda 6-o'rinda, “Fatih Karagyumryuk” esa 18 o'yindan so'ng 9 ochko bilan so'nggi, 18-o'rinda bormoqda.

Eldor Shomurodov 13 gol bilan Turkiya Superligasi to'purarlar jadvalini boshqarmoqda.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia