Ispaniya terma jamoasida yo'qotish

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026, 14:53
Hujumchi og'ir jarohat oldi va Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Ispaniya milliy jamoasi ananaviy tarzda Jahon chempionati g'olibligiga asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Bunga amalda Yevropaning eng kuchli jamoasi maqomi ham sabab bo'lmoqda. 

Luis de la Fuente Shimoliy Amerikaga bir hujumchisiz yo'l oladi.

"Record" nashrining xabar berishicha, "Portu" forvardi Samu Omorodion "Sporting"ga qarshi uchrashuvda tizzasining old xochsimon bog'lamini uzib olgan. Shu sababli uning AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etishi istisno qilindi.

Agexova 2024 yilning noyabridan buyon Ispaniya milliy jamoasiga jalb qilib kelinmoqda. U terma jamoa safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 131 daqiqa o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Record