Islandiyalik iqtidor "Roma"ni qiziqtirmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025
"Roma" "Lill" yarim himoyachisi Arnar Xaraldssonning transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Leggo".

Manbaga ko'ra, 22 yoshli islandiyalik rimliklarning yangi sport direktori Frederik Massaraning short-listiga kiritilgan.

Xaraldsson 2024/25 yilgi mavsum "Lill" safida barcha musobaqalarda 38 o'yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning kelishuvi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 18 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Leggo