Iskandar Siddiqjonov: "Oq-tepa"ning maqsadi har bir o'yinda g'alaba qozonish"

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2019, 22:03
A PRO-Liga 12-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Neftchi" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar futbolchisi Iskandar Siddiqjonov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi raqibimiz "Neftchi" boy tarixga ega, kuchli jamoa, ular har doim sovrindorlar katoridan joy olib kelishgan. "Oq-tepa" jamoasini oldidagi vazifa har bir o'yinda g'alaba qozonib, A PRO-Ligada yuqori o'rinlarni egallashdan iborat.

Har bir futbolchi o'z vatani terma jamoasida o'ynashni orzu qiladi. Men ham kelajakda Superliga jamoalarida o'ynab, o'yinimni yanada kuchaytirib O'zbekiston milliy terma jamoasida to'p surishni maqsad qilganman. Jamoamiz muxlislaridan doim bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'ragan bo'lardim, biz futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz, erishgan yutuqlarimiz ularniki.

Bekzod Tolibov yozib oldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia