Iroq yulduzlar ligasi. O'zbek derbisida durang

Alisher Ostonov
31 yanv 2026
Iroq yulduzlar ligasi 16-tur doirasidagi "Bag'dod" - "Erbil" o'yini bo'lib o'tdi.

"Bag'dod" safida Baxtiyor Qosimov va Murod Bobojonov, "Erbil" safida Sherzod Temirov va Marlen Chobanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Erbil" ushbu turdan so'ng 32 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda, yetakchi "Al Karma"da ham shuncha ochko bor, ammo jamoa turdagi o'yinini endi o'tkazadi. "Bag'dod" esa 18 ochko bilan 13-o'rinda joylashgan.

"Erbil" hujumchisi Sherzod Temirov 12 ta gol bilan Iroq chempionati to'purarlar jadvalini boshqarmoqda.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia