"Inter" "Real" va "Barselona"ning transfer maqsadini qo'lga kiritishi mumkin

Alisher Ostonov
17 may 2025
"Lill" forvardi Jonatan Devid faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchini "Inter" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Milanliklar allaqachon futbolchi transferi bo'yicha so'rov yuborgan. Qayd etilishicha, Devidning o'zi yangi klubida maoshi taxminan 5 mln evroni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Futbolchi "Real", "Barselona" va "Bavariya"ning ham qiziqishlar doirasiga kiradi.

Futbolchining bozor narxi 45 mln evroga baholanmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport