Ilhom Alijonov "Lochin" tarkibiga qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
13 fev 2026, 07:55
Pro liga debyutanti tarkibga tajribali futbolchilarni taklif qilmoqda.

Faoliyati davomida "Nasaf", "Navbahor", "Andijon" jamoalarida to'p tepgan Ilhom Alijonov "Lochin" jamoasining Toshkentdagi yig'iniga kelib qo'shildi. U kecha "Aral"ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida ham maydonga tushdi. 

Futbolchi o'tgan mavsumni "Xorazm" va "Aral" jamoalarida o'tkazdi. Superligada 5 ta, Pro ligada 8 ta bahsda ishtirok etdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia