Ilhom Abdug'aniev: "Birgina penalti barchasini hal qildi"

Mirjalol Normatov
28 may 2025, 01:32
O'zbekiston Superkubogida "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" futbolchisi Ilhom Abdug'aniev fikrlarini bildirdi.

- Ha, superkubok bahsida birinchi marta o'ynashimiz. Birinchisi bo'lgani uchun boshida hayajonlandik. O'yin payti yaxshi qizishib oldik va hayajon esdan chiqib ketdi. Bahs yaxshi bo'ldi deb o'ylayman, birgina penalti o'yinni hal qildi. Raqib jamoaga ham rahmat aytaman.

- "Andijon"ning bugungi o'yinga rejasi qanday edi?

- Himoyani yaxshilab ushlab, tezroq hujumga o'tishimiz kerak edi. Qarshi hujum asosida o'ynadik, o'zimizning xato evaziga penalti bo'lib qoldi. Shu sababli rejalarimiz buzilib ketdi. Bungacha biz murabbiylarning rejasi ostida harakat qilayotgandik.

- "Andijon" penaltilar seriyasiga tayyormidi?

- Ha, biz tayyor edik. O'yindan oldingi mashg'ulotlarda biz penaltilar tepib, seriyaga tayyorlangandik. Barcha futbolchilar bunga tayyor edi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia