Ikromjon Aliboev Germaniyada muvaffaqiyatli operaciya qilindi

Eldor Akmurzayev
24 fev 2021
Bu haqda "Seul" yarim himoyachisi Instagram'dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

“7 oylik og'riqlardan so'ng, bugun meni operaciya qilishdi. Hammasi (og'riqlar) tugadi degan umiddaman, endi barchasini boshidan boshlamoqchiman, meni kuting, tez kunlarda maydonga qaytaman”, deya post qoldirgan Aliboev.

Avvalroq, O'zbekiston TJ shifokori Abror Pirriev Aliboevni ko'pdan beri chov sohasi bilan bog'liq muammo qiynayotgani, u jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun Germaniyani tanlagani va barcha harajatlar futbolchining hisobidan bo'lishi haqida xabar bergandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar