Ikkinchi sariq bekor qilindi va o'rniga to'g'ridan-to'g'ri qizil berildi

Mirjalol Normatov
18 fev 2019, 21:57
Polsha chempionati doirasidagi "Legiya" - "Krakoviya" (0:2) uchrashuvida noodatiy holat kuzatildi.

Uchrashuv bosh hakami "Legiya" futbolchisi Vilyam Remiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatgandi. Ammo VAR tizimidan keyin bosh hakam ikkinchi sariq kartochkani bekor qildi va futbolchi maydonga qaytishiga ruhsat bergandek bo'lgandi. Ammo hakam Remini to'xtatib, unga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka berdi.

 

Qayd etish kerak, Remi raqibiga qarshi juda qo'pol o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS