Ikki JCH finalini boshqargan referi 2023 yilning eng yaxshi hakami deb topildi

Omonjon To`xtamirzayev
5 yanv 2024, 18:29
IFFHS talqiniga ko'ra, 2023 yilning eng yaxshi futbol hakami e'lon qilindi.

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2023 yilning "Eng yaxshi hakami" nomini e'lon qildi. Bu nomga polshalik Shimon Marchinyak loyiq topildi. 

Marchinyak o'tgan yil Qatarda o'tkazilgan JCH finalini boshqargandi. Bundan tashqari Marchinyak klublar o'rtasidagi JCH finalidagi "Manchester Siti" va "Fluminense" bellashuvini ham boshqarib borgandi.

E'tiborlisi, 2022 yil yakunlariga ko'ra ham aynan Shimon eng yaxshi hakam deb tan olingandi.

Reytingda ikkinchi pog'ona italiyalik Daniele Orsatoga, uchinchi - francuz Kleman Tyurpenga nasib etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: IFFHS