IFFHS versiyasi bo'yicha 2021 yilgi Yevropa ramziy terma jamoasi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
22 dek 2021, 20:16
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) vropa ramziy terma jamoasining 2021 yilgi ro'yxatini e'lon qildi.

Terma jamoa tarkibiga faqat UEFA tarkibiga kiruvchi mamlakatlar vakili bo'lgan futbolchilar kiritildi.

Jamoa tarkibi quyidagicha:

Darvozabon: Janluiji Donnarumma (Milan/PSJ, Italiya terma jamoasi);

Himoyachilar: Jorjo Kellini, Leonardo Bonuchchi (ikkalasi ham – Yuventus, Italiya), Ruben Diash (Manchester Siti, Portugaliya), Sesar Aspilikueta (Chelsi, Ispaniya);

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (Chelsi, Fransiya), Kevin de Bryuyne (Manchester Siti, Belgiya), Jorjino (Chelsi, Italiya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya), Robert Levandovski (Bavariya, Polsha), Krishtianu Ronaldu (Yuventus/Manchester Yunayted, Portugaliya).

Zaxira : Manuel Noyer (Bavariya, Germaniya), Joau Kanselu (Manchester Siti, Portugaliya), Erling Xoland (Borussiya Dortmund, Norvegiya), Antonio Ryudiger (Chelsi, Germaniya), Karim Benzema (Real, Fransiya), Brunu Fernandesh (Manchester Yunayted, Portugaliya), Tomas Myuller (Bavariya, Germaniya).

Bosh murabbiy: Tomas Tuxel (Chelsi)


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: iffhs.com