

Bu haqda IFAB matbuot xizmati xabar berdi.
Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) rahbari Debbi Xyuitt boshchiligidagi yig'ilish 4 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi. Tadbirda qo'shimcha vaqt masalasi, quyi va havaskorlar ligasi mutasaddilari, futbolchilari va hakamlariga hurmatni oshirish chora-tadbirlari ko'rib chiqiladi.
Bundan tashqari, IFAB VAR'dan foydalangandan so'ng hakamlar qarorlarini ommaga tushuntirishni sinovdan o'tkazish, shuningdek, futbolchilarda miya chayqalishida gumon qilingan taqdirda qo'shimcha almashtirishlarga ruxsat berishni muhokama qiladi.



