Ibraima Konate "Liverpul"ga uch marta "yo'q" dedi. Klub uning "Real"ga o'tishiga ko'nib bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2025
Ibraima Konate uch marta "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

2026 yil 30 iyunda 26 yoshli Fransiya terma jamoasi himoyachisi erkin agentga aylanib, "Real"ga bepul o'tishi mumkin, shu sababli mersisayd klubi Konate bilan yangi shartnoma tuzishga uringan.

Futbolchining o'zi "Qirollik klubi" uni mavsum yakunida albatta shartnoma tuzadi, degan kafolat olgan. O'z navbatida, "Liverpul" Konatening kyetishiga allaqachon ko'nib bo'lgan.

Shuningdek, "Real" "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiluvchi Vilyam Saliba variantini ko'rib chiqmoqda. Aynan o'shanda fransiyalik futbolchi erkin agentga aylanib, "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Trent Aleksander-Arnold kabi "Real"ga bepul o'tishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca