Ibragimovichning personal muxlislari uchun noxush xabar

Eldor Akmurzayev
15 may 2021, 21:55
Shvetsiya termasi ustozi Yanne Andersson “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich jarohati tufayli bo'lajak qita birinchiligida qatnashmasligi haqida xabar qildi.

“Zlatan bilan gaplashdim, afsuski u menga jarohati tufayli Evro-2020'da qatnasha olmasligini aytdi. Albatta, bu Zlatan uchun ham biz uchun ham qayg'uli yangilik. Umid qilamanki, u tez orada maydonga qaytadi”, deydi mutaxassis.

Ma'lumot o'rnida, 39 yoshli hujumchi  A Seriya 35-turi doirasidagi "Yuventus" (3:0)ga qarshi o'yinda tizzasini shikastlab olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia