Husayn Norchaev: "Ispaniya bilan bahsga 100% tayyormiz"

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023
O'zbekiston U-23 terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchaev Ispaniya U-21 bilan o'yin oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Avvalambor, Assalomu alaykum! Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Yaxo'i tayyorgarlik ko'rdik. Xudo xohlasa, muxlislar 12-o'yinchi sifatida bizni qo'llab-quvvatlab turishadi degan umiddaman. Ularni g'alaba bilan xursand qilamiz", – dedi Norchaev.

- Osiyo o'yinlaridan keyin jamoaning jismoniy holati qanaqa? 

- Tiklanish jarayoni yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Xudo xohlasa, ertangi bahsga 100% tayyormiz.

- Ispaniya jamoasi o'rganib chiqildimi?

- Murabbiylarimiz o'rganib borishmoqda. Bugun kulchi va kuchsiz tomonlari haqida ma'lumot olamiz. 

- Ispaniya oxirgi o'yinlarda faqat g'alaba qozongan ekan. Ertaga qanday natija kuzatiladi?

- Hozir bir narsa deyishim qiyin. Hammasi Allohdan. Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

O'zbekiston – Ispaniya uchrashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 




Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia