Hojimat Erkinov: "CAFA Nation's Cup" yaxshi musobaqa bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023, 18:17
O'zbekiston terma jamoasi tasarrufiga yetib kelib, bugun mashg'ulot o'tkazayotgan "Torpedo" yarim himoyachisi Hojimat Erkinov klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

- O'zimni yaxshi his qilyapman. "Torpedo" safida oxirgi o'yinda deyarli to'liq o'ynadim. Hozircha shu klub a'zosiman, endi o'ylab chiqamiz hammasini. 


- Orada bir muddat maydonga tushmadingiz. Bu murabbiy bilan bog'liqmidi yoki jarohat? 

- Jarohat olgandim, shu bois bir nechta o'yinni o'tkazib yubordim. Hozir barchasi o'tib ketdi va o'zimni yaxshi his qilyapman, - deb gap boshladi Erkinov. 


- CAFA musobaqasi haqida nima deya olasiz? 

- Yaxshi musobaqa bo'ladi menimcha. Ilk o'yinimiz Ummonga qarshi, raqib kuchli jamoa, tayyorlanamiz. Turnir O'zbekistonda o'tishi ham yaxshi bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia