Here we go! Joze Mourinyu "Benfika" taklifini qabul qildi

Iskandarov Abdulaziz
18 sen 2025, 09:20
Portugaliyalik mutaxassis o'z vataniga qaytmoqda.

Insayder Fabrico Romanoning xabar berishicha,  "Benfika" taniqli murabbiy Joze Mourinyu bilan 2 yillik shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Ikki tomon o'rtasidagi barcha rasmiy jarayonlar keyingi 24 soat ichida amalga oshiriladi. 

Ma'lumot uchun, klub Mourinyu uchun begona emas. U 2000 yilgi mavsumda ham "Benfika"da faoliyat olib borgan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia