Hakamlar JCH-2018 o'yinlarini bekor qilishlari mumkin

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 17:18
FIFA prezidenti Janni Infantino 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati qur'asidan oldin turnir fair play ruxida o'tishini bildirdi.

Tashkilot rahbarining so'zlariga ko'ra, Rossiyadagi jahon birinchiligida kamsitishga qarshi kurash olib boriladi.

"2018 yilgi jahon chempionati fair play ruxida va halol o'yin qoidalariga rioya qilingan holda o'tishiga umid qilyapmiz. Bu maydondagi harakatlarga tegishli, biroq halol o'yin haqida gapirsak, kamsitishga va dopingga qarshi tadbirlarni ham eslab o'tish lozim.

Doping borasida gapiradigan bo'lsam, barcha jamoalarning futbolchilari akkreditatsiyadan o'tgan VADA xodimlari tomonidan musobaqa vaqtida va undan tashqari paytda tekshiriladi. Kamsitishga oid vaziyat ham shunday, unga qarshi kurash bizning asosiy maqsadlarimizdan biri. Agar shunday voqea yuz bersa, kamsitishga qarshi uch bosqichli jarayon amalga oshiriladi va uchrashuv bosh hakami o'yinni to'xtatishi yoki uni bekor qilishi mumkin" - deydi Infantino.

Jahon chempionatiga 1 dekabr kuni Moskvada qur'a tashlanadi. Turnirning o'zi 14 iyundan 15 iyulgacha bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru