Gvardiola "Real"ni "Manchester Siti"ning eng qiyin raqibi deb hisoblamaydi

Tolibjon Qosimov
18 mar 2026
Kecha tunda YCHL 1/8 final javob bellashuvi doirasida "Manchester Siti" klubi "Real"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, "shaharliklar" ketma-ket uchinchi yil Chempionlar ligasini "Real"ga yutqazib tark etishmoqda.

Xosep Gvardiola o'zining "Manchester Siti"dagi faoliyati davomidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini aytib o'tdi.

- "Real" sizning "Manchester Siti"dagi davringiz davomida duch kelgan eng qiyin raqibmi?

- Yo'q. Kloppning "Liverpul"i. Siz Ispaniyada yashaysiz va o'sha "Liverpul" bilan qarama-qarshilik qanday kechganini bilmaysiz.

"Real"... Ular bizni musobaqadan ko'proq chiqarib yuborishgan, lekin ular bilan ko'rsatkichlarimiz deyarli teng va ular biz qanday o'ynaganimizni bilishadi, - dedi Gvardiola.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano