Gvardiola: "O'Rayli Angliya Kubogi yarim finalida o'ynaydi"

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025, 12:09
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Niko O'Raylini Angliya Kubogi yarim finalida o'ynatishga vada berdi.

Yakshanba kuni "Siti"ga "Bornmut" ustidan g'alaba qozonishida aynan O'Rayli yordamga kelib, 2 ta assist amalga oshirdi. U tanaffusda Abduqodir Husanovni almashtirdi.

Gvardiolaning takidlashicha, O'Rayli oldingi turda ham katta taassurot qoldirgan, shuning uchun 20 yoshli angliyalik futbolchi 4 haftadan so'ng "Uembli"da bo'lib o'tadigan Kubok o'yinida maydonga tushadi.

"Niko "Plimut" darvozasiga ikkita to'p kiritgandi va bugun ham o'yinga ijobiy ta’sir o'tkazdi. U albatta yarim finalda o'ynaydi!

U juda yaxshi o'ynadi. Shu o'rinda, uning hujumkor yarim himoyachi ekanligini unutmasligimiz kerak. Tezkor, juda aqlli va to'p bilan yaxshi muomala qiladi, raqib darvozasi oldida doim xavfli vaziyat hosil etadi", – dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" musobaqa yarim finalida "Nottingem Forest" bilan bellashadi. Uchrashuv 26 aprel kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent