

Bahsning 35-daqiqasida hujumchi Omar Marmush havodan kelayotgan to'pni to'xtatmoqchi bo'lganida, to'p raqib himoyachisi Erson Moskeraning tirsagiga tegdi. APLdagi debyut o'yinini o'tkazayotgan bosh hakam Faray Xallam vaziyatni ko'rib chiqib, qo'l tabiiy holatda bo'lganini va bu penalti emasligini ta'kidladi.
"Hakam debyut o'yinini o'tkazdi, endi uni hamma taniydi. Menimcha, u monitorni ko'rib, qo'lning tabiiy holati sababli penaltini bekor qilgan birinchi hakam bo'ldi.
Ishonchim komil, ertaga hakamlar qo'mitasi rahbari Govard Uebb OAVda paydo bo'ladi va nima uchun bu 11 metrlik jarima zarbasi emasligini tushuntiradi. Xuddi "Manchester Yunayted" bilan o'yindagi kabi... O'sha vaziyat ham bahsli edi, to'g'rimi?
Aynan Diogu Dalot bilan o'sha epizod sababli Jeremi Doku "Budyo-Glimt"ga qarshi o'ynay olmadi. Lekin hammasi joyida. Ertaga tushuntirishni kutaman. Chorshanbagacha cho'zish kerak emas - u kuni Chempionlar Ligasi bor, biz band bo'lamiz. Govard Uebb, ertaga chiq va bu nima uchun penalti emasligini tushuntirib ber", - dedi Gvardiola.



