Gvardiola Gyundogan va "Barselona"ga yordam bermoqchi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2024
"Manchester Siti" Ilkay Gyundoganga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" "Barselona" sotishga urinayotgan yarim himoyachining vakillari bilan bog'langan. Ingliz klubi ustozi Pep Gvardiola o'tgan yoz jamoani tark etgan nemis futbolchisini qaytarishga qarshi emas.

Kataloniya klubi moliyaviy muammolar sabab Gyundoganni sotish harakatida, futbolchi esa klubda qolmoqchi. U sobiq klubiga qaytishga ham qarshi emas. Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisiga Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.

Xavbek o'tgan mavsum LaLiganing 35ta o'yinida ishtirok etib, 8ta golli pas bergan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano