

52 yoshli mutaxassis Angliya kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Nyukasl"ga (1:3) qarshi o'yinda mavsumdagi oltinchi sariq kartochkasini oldi.
Ispaniyalik mutaxassis Angliya chempionatining 30-turidan o'rin olgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (14 mart) hamda Angliya kubogi chorak finalida jamoani boshqara olmaydi. Shu bilan birga, diskvalifikaciya Angliya Liga kubogi finaliga ta’sir qilmaydi, u yerda "shaharliklar" 22 mart kuni "Arsenal" bilan uchrashadi.
"Manchester Siti" 50 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.



