Guus Xiddink terma jamoada ish boshladi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 16:27
Rossiya termasining sobiq bosh murabbiyi Guus Xiddink Kyurasao termasi boshqaruvini qo'liga oldi.

73 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2022 yili Qatarda bo'lib o'tadigan JCH yakuniga qadar mo'ljallangan.

U 1 sentyabrdan ishga kirishadi.

"Taklifga "yo'q" deyish qiyin bo'ldi. So'nggi yillarda Kyurasao davlatida o'sish kuzatilmoqda. U yerdagilarning o'sib-rivojlanishida o'z hissamni qo'shmoqchiman", - dedi murabbiy.

Qayd etish kerak, Kyurasao termasi KONKAKAF mintaqasi musobaqalarida ishtirok etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal