Gullit Xolandga mos keladigan jamoalarni aytdi

Mirjalol Normatov
3 fev 2022
Niderlandiya termasining sobiq futbolchisi Ruud Gullit Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xoland haqida gapirdi.

"Uning kelajagini Angliyada ko'ryapman. Erling "Manchester Yunayted"ga o'tsa kerak.

U Gvardiola qo'l ostida "Siti" bilan ko'p narsa yutishi mumkin. "Liverpul" ham yomon variant emas.

Yurgenning klubdagi ishlarini til bilan tariflash ojiz. Erling gollarga chanqoq. U klubni yuqori marralar sari olib chiqa oladi.

Ispaniyada esa faqatgina "Real" unga yaxshi variant bo'lishi mumkin. Faqatgina shu uch klub unga mos keladi", - dedi Gullit.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As