

"Guliston" futbol klubi rahbariyatining qaroriga ko'ra. Abbos Ergashev bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.
Bu mutaxassis yangi mavsumda jamoani boshqaradi. Uning oldiga "Guliston"ni Pro ligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.
Ergashev bunga qadar "Zomin" va "Yangier-Quruvchi" jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan, yoshlar futbolida yukori natijalarga erishgan. O'zbekiston U-20, o'smirlar terma jamoalari uchun ko'plab futbolchilarni yetishtirib bergan. Shuningdek, FIFAning nufuzli Instruktorlar kursini tamomlagan va O'FA instruktori sifatida mutaxassislarga talim berib kelayotgandi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Nasaf" sobiq futbolchisi klub bosh direktori lavozimida ishlashi e'lon qilingan edi.



