Gudonsen faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Aziz Tukhtamuradov
10 sen 2017, 20:14
Islandiyalik futbolchi Eydur Gudonsen faoliyatini yakunladi.

"Chelsi" va "Barselona"da o'ynash orqali mashhurlikka erishgan hujumchi 244 ta o'yinda 68 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

U o'z vaqtida Angliya va Ispaniya chempioniga aylangan. Shuningdek, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sohibiga aylangan.

Islandiya terma jamoasi safida esa 88 ta o'yinda 26 ta gol kiritgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fotbollskanalen