Grinvudga A Seriya grandi qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
22 mar 2026
"Marsel" futbolchisi Meyson Grinvud "Yuventus" nigohlariga tushib qoldi.

O'z navbatida futbolchining o'zi ham faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirmoqchi bo'lmayapti va Italiya top-klubiga o'tishga qarshi emas. U APLga qaytishni o'ylab ham ko'rmayapti.

Grinvud sotilganidan keyin "Marsel" transfer summasidan bir qismini "Manchester Yunayted"ga o'tkazib berishi kerak. Shu boisdan Fransiya klubi futbolchining narxini oshirishga harakat qiladi.

24 yoshli futbolchining transfer summasi 50 mln evroga baholanmoqda. Uning klubi bilan kelishuvi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.

Ushbu mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 38 o'yinda 25 gol va 8 assist qayd etdi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal