"Gerta" bosh murabbiyi ikkinchi Bundesliga uchrashuvida 3 nafar o'g'lini maydonga tushirdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 iyul 2023, 19:05
"Gerta" bosh murabbiyi Pal Dardai bir o'yinda 3 nafar o'g'lini maydonga tushirdi.

Bu voqea ikkinchi Bundesliganing 1-turi doirasidagi Dyusseldorfning "Fortuna" jamoasiga qarshi uchrashuvda (0:1) sodir bo'ldi. Berlin klubi asosiy tarkibida himoyachi Marton Dardai maydonga tushdi. Shuningdek, o'yin vaqtida uning qondoshlari - hujumchi Palko Dardai (29-daqiqada Marten Vinkler o'rniga) va yarim himoyachi Bence Dardai (78-daqiqada Paskal Klemens o'rniga) maydonga tushirildi.

Bunday voqea nafaqat Germaniyada, balki futbol olamida kamdan-kam sodir bo'ladi. 

Xo'sh, siz shunga o'xshash futbol uchrashuvlarini bilasizmi? 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia