
38 yoshli braziliyalik posbon va Portugaliya klubi o'zaro kelishuvga ko'ra yozga qadar amal qiladigan shartnomani bekor qilishdi.
Braziliya terma jamoasi sobiq darvozaoni yaqin orada futboldan kyetishini e'lon qiladi.
Sezar Flamengo, Inter, Kuinz Park Reyndjers va Toronto klublarida o'ynagan.
U Braziliya, Italiya, Portugaliya chempioni bo'lgan, YCHLda g'olib bo'lgan, Braziliya terma jamoasi safida ikki bor Konfederatsiyalar kubogi va bir marta Amerika kubogini qo'lga kiritgan.
2014 yil Braziliyada o'tgan mundialda Braziliya terma jamoasi yarim finalda Germaniyadan 1:7 hisobida mag'lub bo'lganida darvozani aynan Julio Sezar qo'riqlagandi.
