Georgios Samaras 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018, 18:06
"Seltik" va Gretsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Georgios Samaras futbolchilik faoliyatini 33 yoshida yakunladi.

Forvardning so'nggi klubi "Samsunspor" bo'ldi. Futbolchi faoliyati davomida "Vest Bromvich, "Al-Hilol", "Manchester Siti" va "Xerenven" klubi sharafini himoya qilgan, ammo hujumchi faoliyatining katta qismi Shotlandiyada o'tgan.

Samaras "Seltik" safida 253ta o'yin o'tkazib, 74ta gol urgan. Gretsiyalik Shotlandiya klubi safida 4 marta mamlakat chempioniga aylangan.

33 yoshli forvard Gretsiya terma jamoasi safida 81ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/CelticFC