Garitano "Eybar" bosh murabbiyiga aylandi

Alisher
8 iyun 2021
Gaiska Garitano "Eybar" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan.

Garitano shu yilning yanvar oyida "Atletik" bosh murabbiyligidan ketgandi. U jamoada 2018 yildan beri ishladi.

"Eybar" 2020/21 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, La Ligada so'nggi o'rinni egalladi va Ispaniya chempionatining ikkinchi divizioniga yo'l oldi. Shundan so'ng klubni bosh murabbiy Xose Luis Mendilibar tark etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SDEibar