

Bugun, 11 sentyabr kuni amaldagi Jahon chempioni – Portugaliya milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.
O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Portugaliya milliy terma jamoasi delegaciyasini kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.


Eslatib o'tamiz, Portugaliya mundialning "E" guruhida Panama, Tojikiston hamda Marokashga qarshi bahs olib boradi.










