Fozil Musaev maydonga tushgan bahsda "Jubilo" durang qayd etdi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019, 13:10
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepadigan "Jubilo Ivata" Yaponiya chempionatining 5-turida "Kashima Antlers"ni qabul qildi.

Bahs 1:1 hisobida yakuniga etdi. O'zbekiston terma jamoasiga nomzod bo'lgan Musaev 85-daqiqada Kentaro Moriya o'rniga maydonga tushdi.

"Jubilo Ivata" Yaponiya chempionati turnir jadvalida 3 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia