Fozil Musaev: "G'alaba osonlik bilan qo'lga kiritilmadi"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2019, 15:00
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv (4:0) haqida fikr bildirdi.

"G'alaba osonlik bilan qo'lga kiritilmadi. Bahsning ilk 15-20 daqiqasida qiyin bo'ldi, keyin yigitlar o'z o'yinini topishdi va hammasi joyiga tushib ketdi.
Navbatdagi o'yin Yaponiyaga qarshi kechadi. Bahs qiyin bo'lishi aniq. Ular Ummonni 1:0 hisobida yutgani qaramay, Osiyo Kubogining eng kuchli terma jamoalaridan biri bo'lib qolaveradi. Ushbu o'yinda murabbiylar ko'rsatmasi bo'yicha harakat qilamiz.
Jarohatimga keladigan bo'lsak, undan to'liq qutildim. "Jubilo Ivata" bilan shartnomam yakunlangani yo'q, turnir o'z nihoyasiga yetishi bilan klubim safiga qo'shilaman" - deydi Fozil Musaev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia