Florentino Peres Arbeloaga kutilmagan o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2026
"Real" Madrid allaqachon kelasi mavsum uchun rejalar ustida ishlamoqda.

Bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning kelajagi hali noaniq. Agar u ketadigan bo'lsa, klub rahbariyati muqobil rejani ishga tushirishga tayyor.

"Defensa Central" ma'lumotlariga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres bosh direktor Xose Anxel Sanches bilan birga turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. Agar Arbeloa qolmasa, "Real" "nemis yo'li"ni tanlashi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Yurgen Klopp ham, Tomas Tuxel ham ustuvor nomzodlar qatorida emas.

Madriddagi asosiy maqsad sifatida Yulian Nagelsmann ko'rilmoqda. Nemis murabbiyining milliy federatsiya bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, ammo ko'p narsa u bo'lajak Jahon chempionatidan keyin qanday reja tuzayotganiga bog'liq. Klubda shunday fikr borki, agar murabbiyning o'zi qiziqish bildirsa, Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) muzokaralarga ochiq bo'lishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central