Flik Xabi Alonsoning "Real"ga tayinlanganiga munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
26 may 2025, 19:55
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Xabi Alonsoning "Real"ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangani xususida fikr bildirdi.

U ispaniyalik mutaxassisga hurmat bajo keltirdi va Bundesligadagi yutuqlarini qayd etdi.

"Uni Madridda ko'rish ajablanarli emas. Men uni bilaman, gaplashganmiz. Uning falsafasini tushunaman. Uning "Bayer" bilan erishgan muvaffaqiyatini hammamiz ko'rdik. U ko'plab futbolchilarni yangi bosqichga ko'tardi. Uni bu yerda ko'rishdan mamnunman", – dedi Flik.

25 may kuni "Real" Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e'lon qildi. Ispaniyalik murabbiy bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan shartnoma 2025 yilning 1 iyunidan kuchga kiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports