Final. 8 yillik tanaffusdan keyin...

O'zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuvi davom etmoqda.

Asosiy vaqtda bittadan to'p kiritgan jamoalar, g'olibni ekstra-taymda aniqlaydigan bo'lishdi. Shu tariqa 8 yillik tanaffusdan keyin kubok finalida qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilinyapti.

Ma'lumot uchun, finallar tarixida bunga qadar faqat 7 o'yinda ekstra-taymga o'tilgan. Ulardan 3tasi penaltilar seriyasiga ulanib ketgan.


1992. "Navbahor" 0:0 "Temiryo'lchi" (penaltilar seriyasida - 6:5)

1996. "Neftchi" 0:0 "Paxtakor" (penaltilar seriyasida - 5:4)

1997. "Paxtakor" 3:2 "Neftchi"

2002. "Paxtakor" 6:3 "Neftchi"

2007. "Paxtakor" 0:0 "Bunyodkor" (penaltilar seriyasida - 5:4)

2008. "Bunyodkor" 3:1 "Paxtakor"

2014. "Lokomotiv" 1:0 "Bunyodkor"

Fakt: Kubok finalida 8-marta ishtirok etayotgan "Nasaf" futbolchilari birinchi bor ekstra-taymda qatnashishmoqda. "Navbahor" esa 1992 yil, birinchi marta o'tkazilgan turnirning hal qiluvchi bahsida qo'shimcha bo'limlarda o'ynab, "Temiryo'lchi" (hozirgi "Qo'qon-1912")ni dog'da qoldirib ketgan.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia