FIFA "Malorka" va "Rayo Valekano"ga transfer taqiqini joriy qildi

Omonjon To`xtamirzayev
14 yanv 2025, 12:03
FIFA ispan klublariga ikki yil muddatga cheklov joriy qildi.

Transfer taqiqi haqidagi ma'lumot FIFA rasmiy saytida e'lon qilindi.

Natijada, "Malorka" va "Rayo Valekano" 2026 yilning oxirigacha yangi futbolchi sotib ololmaydi.

"Malorka"dagilar sankciyalar to'g'risidagi yangilikni "administraciya xatosi" deb atashdi, ammo federatsiya klubning bu versiyasini hozircha tasdiqlamadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fifa.com