FIFA Emiliano Sala tufayli "Kardiff"ni 6 million evro to'lashga majbur qildi

Alisher
1 okt 2019, 10:40
FIFA "Kardiff Siti"ni "Nant"ga Emiliano Salaning transferi uchun 6 million evro to'lashga majbur qildi.

Argentinalik "Nant"dan "Kardiff"ga shu yilning yanvar oyida o'tgan edi, ammo Sala Fransiyadan Angliyaga bo'lgan parvoz paytida aviahalokat tufayli vafot etdi.

"Kardiff" "Nant"ga Salaning transferi uchun 17 million evro to'lashdan bosh tortdi.

Chunki futbolchi bu vaqtda rasman uelsliklar klubi a'zosi bo'lmagan.

Tomonlar ushbu qaror bo'yicha CASga murojaat qilish huquqiga egalar.


AlisherMuallif
Manba: BBC