"Feyenoord" xavbeki "Benfika"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2022
Niderlandiya klubi yarim himoyachisi Fredrik Eursnes "Benfika" a'zosiga aylandi.

Portugaliya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Norvegiya terma jamoasi futbolchisining yangi jamoasi bilan shartnomasi 5 mavsumga mo'ljallangan.

"Bu men uchun katta kun. Bunday klub bilan shartnoma imzolash juda quvonchili. Bundan juda xursandman. "Benfika" – butun dunyo bo'ylab muxlislarga ega bo'lgan juda katta klub", – dedi futbolchi.

26 yoshli norvegiyalik o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: slbenfica.pt