Fernandesh APLning noyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi

Alisher
11 dek 2020
Angliya Premer-ligasi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni noyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchi deb topdi.

Portugaliyalik futbolchi 4ta o'yinda 5 (4+1) ochko jamg'ardi.

Sovrin uchun shuningdek Ben Chiluell ("Chelsi", 3ta o'yinda 1ta gol), Anjelo Ogbonna ("Vest Xem", 3ta o'yinda 1ta gol), Per-Emil Xeyberg ("Tottenxem"), Jeyms Uord-Prouz ("Sautgempton", 4ta o'yinda 3ta gol va 2ta assist) va Jek Grilish ("Aston Villa", 4ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist) davogarlik qilgandi.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/premierleague