"Fenerbaxche" Nkunkuni sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 dek 2026
"Fenerbaxche" "Milan" hujumchisi Kristofer Nkunkuga qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, Istanbul klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko futbolchi bilan bog'langan, u unga "Leyptsig"dagi faoliyati orqali tanish.

Tedesko futbolchiga yana birga ishlashni taklif qildi, bunga francuz ijobiy javob berdi.

Endi vaziyat ikki klub muzokaralariga bog'liq. Bu mavsumda Nkunku A Seriyada 12 o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Futbolchi shu yozda "Milan" tomonidan "Chelsi"dan 37+5 million evroga sotib olingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fotomac