Fellayni Xitoydan APLga o'tishi haqida: "Men shu yerda qolaman"

Alisher
13 dek 2019, 12:36
"Shandun Lunen" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "Tottenxem"ga o'tmasligini ma'lum qildi.

Joze Mourinyu Maruan Fellaynini "Tottenxem"da ko'rmoqchi edi, ammo futbolchi APLga qaytmasligini ma'lum qildi.

"Joze men uchun muhim insondir (belgiyalik futbolchi MYUda u bilan ishlagan). Biz u bilan vaqti-vaqti bilan gaplashib va xabarlashib turamiz.

U "shporlar" bosh murabbiyi bo'ldi va u bilan hammasi joyida. Unga hamma yaxshi tilaklarni tilayman. Men shu yerda qolaman", - deydi Fellayni.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ElevenSportsBEn