Fellayni: "Manchester Yunayted" Mourinyoni ishdan olishga shoshildi

11 okt 2019, 20:55
Avvalroq MYUda o'ynagan, "Shandun Lunen" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "qizil iblislar" murabbiy almashtirishda juda tez ekanini ta'kidlab o'tdi.

"Ular Devid Moyesni tayinlashdi va unga vaqt berishmadi. Keyin navbat 2 yil muddat berilgan Lui Van Galga keldi. Hammasi biz o'ylagandek bo'lishni boshlagan va Angliya kubogini yutganimizda, uni bo'shatishdi. Sababi, ular tezroq APLda g'alaba qozonishni xohlashdi. 

MYU Joze Mourinyoni ishdan olishga shoshildi deb hisoblayman. Murabbiy maydonda falsafasini etkazib berish uchun ko'plab futbolchilarga muhtoj bo'ladi. U jamoani qayta qurishni istagandi. Lekin, 2,5 yil ichida uni iste'foga chiqarishdi", - deya Fellaynining so'zlarini keltiradi Daily Mail nashri.


Manba: dailymail.co.uk