Favr "Kristal Pelas"ni boshqarmaydi

Alisher
25 iyun 2021, 15:01
Taniqli shveytsariyalik mutaxassis Lyusen Favr "Kristal Pelas"ni boshqarmaydigan bo'ldi.

Tomonlar mehnat shartnomasining detallari borasida kelishuvga erishishgan edi, ammo so'nggi lahzada murabbiy shartnoma imzolashdan bosh tortdi.

Favr dam olish uchun qo'shimcha vaqt olishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas" o'tgan mavsum APLda 14-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail