Fakt: "Navbahor"da mahalliy futbolchi o'ynamadi

31 okt 2022, 16:45
30-bor o'tkazilgan O'zbekiston kubogiga Qashqadaryo klubi ega chiqdi.

Kecha Ro'ziqul Berdiev final uchun tanlagan asosiy tarkibda 8 nafar jamoa tarbiyalanuvchilari borligi haqida aytgandik. O'yindan keyin Baxtiyor aka Shirinov bilan shu mavzuda gaplashib qoldik. Suhbat yakunidagi xulosani siz bilan o'rtoqlashishga qaror qildim.

Buxoroda o'tgan uchrashuv davomida "Nasaf"ning 14 futbolchisi maydonda harakatlandi. Keling, ular qayerda tug'ilganiga e'tibor qaratamiz:

Abduvohid Ne'matov - Jizzax

Alibek Davronov - Qashqadaryo

G'olib G'aybullaev - Qashqadaryo

Husniddin Aliqulov - Qashqadaryo

Sharof Muhitdinov - Jizzax

Dilshod Saitov - Qashqadaryo

Umar Eshmurodov - Qashqadaryo

Marko Stanoevich - Serbiya

Akmal Mozgovoy - Qashqadaryo

Oybek Bozorov - Qashqadaryo

Mateus Lima - Braziliya

Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Sherzod Nasrullaev - Qashqadaryo, Bahrom Abdurahimov - Andijon, Zafarmurod Abdirahmatov - Qashqadaryo.

Guvohi bo'lganingizdek, "Nasaf" tarkibida o'ynaganlarning 9 nafari mahalliy yigitlar hisoblanadi. Ammo "Navbahor" haqida bunday fikr bildira olmaymiz:

O'tkirbek Yusupov - Chimkent

Davron Hoshimov - Sayhunobod (Sirdaryo)

Rustam Ashurmatov - Qo'qon

Boyan Ciger - Serbiya

Igor Golban - Rossiya

Yovan Jokich - Serbiya

Jamshid Boltaboev - Toshkent

Jamshid Iskanderov - Xorazm

Asad Sobirjonov - Yangier (Sirdaryo)

Doniyor Abdumannopov - Andijon

Zoran Marushich - Serbiya

Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Diyorjon Turopov - G'allaorol, Jasur Yaxshiboev - Chinoz, Stanislav Andreev - Termiz.

Xullas, kecha namanganliklar safida birorta ham mahalliy futbolchi o'ynamadi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia