

"Bizni kengaytirilgan ro'yxatimizdan 55 nafar futbolchi o'rin olgan. Biroq bu ro'yxatdan joy olmagan futbolchilarni ham biz kuzatishda davom etamiz. Balki keyingi yig'inda milliy chempionatda ham o'zini yaxshi ko'rsatgan futbolchilarni ham ushbu ro'yxatga kiritishimiz mumkin bo'ladi.
Men terma jamoaga chaqirishni istagan futbolchilar juda ham ko'p. Dubaydagi yig'inda ham o'zini ko'rsatgan bir qator futbolchilarni chaqirishni istagan bo'lardim. Tanlov ko'pligi ham menga yoqimli muammoni tug'dirmoqda. Bizda 55 kishilik ro'yxat bor. Bu ro'yxatda yoshi katta futbolchilar ham yosh futbolchilar ham bor. Albatta qaysidir ismni aytmagan bo'lardim, chunki bu noto'g'ri deb hisoblayman. Men har bir futbolchi bilan gaplashib chiqdim. Meni xursand qiladigan narsa terma jamoa ixtiyoriga yetib kelgan futbolchilar qandaydir faxr hissini tuyishadi. Bu juda ham muhim hisoblanadi", - deb fikr bildirdi terma jamoa ustozi.



